«Marsel» hujumchisi Mayson Grinvud yana Angliyaga qaytishi bilan bog'liq yangiliklar tarqalmoqda. L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisini Londondagi «Arsenal» jamoasi qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Fransuz klubi moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar sababli o'z yulduzidan voz kechishga majbur bo'lishi mumkin, lekin ular 80 million evro atrofida narx belgilashni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Mayson Grinvud «Marsel» safida barcha musobaqalarda 45 o'yinda 26 gol urdi va 11 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalining mutaxassislari ingliz futbolchisini 55 million evroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha davom etadi.