«Manchester Yunayted» o'z tarkibini kuchaytirishga tayyorlanmoqda. The Touchline nashrining jurnalisti Miguel Serrano ma'lumotlariga ko'ra, «qizil shaytonlar»  «Real» futbolchisi Eduardo Kamavinga bilan qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, «Real» 23 yoshli Kamavinga uchun 60 million evro qiymat belgilagan. Futbolchining Ispaniya La Ligasi klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha davom etadi.

Esda tuting, Eduardo Kamavinga hozirda dam olmoqda. U Fransiya terma jamoasining jahon chempionatidagi yakuniy ro'yxatiga kiritilmagan. O'tgan mavsumda Kamavinga 43 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.