Londondagi «Chelsi» to‘rtinchi mavsumni ketma-ket sponssiz boshlaydi. Bunga «The Athletic» xabar bermoqda.

Manba shuni ta’kidlaydiki, «siniylar» rahbariyati umidsiz qolmay, sponzor topish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

Esimizda bo‘lsin, «Chelsi» o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Klub APLda hatto Konferensiya Ligasi zonasidan ham tashqarida, 52 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda tugatdi.

Yangi mavsumda «siniylar»ning bosh murabbiyi bask Xabi Alonso bo‘ladi. O‘tgan mavsumda londondaliklar ikki bosh murabbiy bilan ishladilar: yanvarda ishdan bo‘shatilgan Enzo Mareska va mavsum oxirida aprel oyida ishdan olingan Liam Rosenior.