Ikki APL klubi «Marsel» hujumchisi Mayson Griynvudga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.
«Manchester Yunayted»ning sobiq o'yinchisini transfer qilish imkoniyatini «Arsenal» va «Tottenxem» ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, Griynvudga «Roma» ham da'vogarlik qilmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, fransuz klubi moliyaviy talablar tufayli yozda futbolchilarni sotishga majbur, va aynan 24 yoshli hujumchi jamoaning eng qimmat aktivi hisoblanadi. «Marsel» Griynvudning narxini taxminan 80 million evro deb baholamoqda. «Manchester Yunayted» esa o'tgan shartnomada kiritilgan qayta sotish bandi tufayli transfer summasining 40%ini olishi mumkin.
O'tgan mavsumda Griynvud 45 ta klub o'yinida 26 gol va 11 assist bilan o'zini namoyon etdi.




