Yarim himoyachi «Arsenal»dan Mikel Merino o'z vatandoshi va klubdoshi Martin Zubimendining o'yin vaqtining kamligi haqida fikr bildirdi.

«Albatta, bu unga oson emas. Futbolchilarga qiyin, chunki ular muntazam o'ynashga odatlangan, keyin esa to'satdan zaxiraga o'tishadi. Lekin bu bizning ishimiz, uni bajarishimiz kerak. Zubimendi o'zining hozirgi rolini tushunadi va qattiq mashq qilishda davom etmoqda. Mening fikrimcha, bu dunyodagi eng yaxshi himoya yarim himoyachilaridan biri va u buni allaqachon isbotlagan», — deydi Merino Arsenal Radar orqali.

Hozirgi mavsumda Zubimendi barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va bir assist yozib oldi. E'tiborga molik jihat shundaki, o'tgan to'rt o'yinda APLda yarim himoyachi faqat bir marta maydonga tushdi va «Everton»ga qarshi 10 daqiqa o'ynadi (2:0).