Londonning «Arsenal» himoyachisi Piero Inkapye «Barselona» ro'yxatida. Ushbu ma'lumotni Diario SPORT e'lon qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» 24 yoshli ekvadorlik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Klubning sport direktori Deku allaqachon futbolchining vakillari bilan bog'lanib, qishki transferni muhokama qilgan. Biroq, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z futbolchisini yanvarda qo'yib yubormoqchi emasligini ta'kidlamoqda.
Ushbu mavsumda Inkapye maydonga faqat yetti uchrashuvda tushdi, barcha turnirlarda jami 256 daqiqa o'ynab, shundan faqat 46 daqiqa Premier-ligada o'ynadi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari Inkapyeni 50 million evroga baholamoqda.
