Italiyaning «Monca» klubining hujumchisi Gustavo Varela Yevropa transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda. Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli hujumchiga bir necha klub qiziqmoqda.

Futbolchining o'yinlarini Londondagi «Arsenal», «Chelsi», «RB Leypsig» va Dortmundning «Borussiya» klublarining vakillari kuzatmoqda. Italiyaliklar esa Varelaning sotilishidan 20 million yevrodan ko'proq daromad olishni umid qilmoqda.

Joriy mavsumda Italiya chempionatida hujumchi «Monca» uchun to'qqizta o'yin o'tkazdi. Portugaliyalik to'qqizta gol urdi (ikki marta – penaltidan) va bir assist berdi.