Yevropa klublari «Sanderlend» yarim himoyachisi Noa Sadikini sotib olishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli Kongolik yarim himoyachiga «Liverpul», «Nyukasl», «Atletiko», «Yuventus» va «Napoli» qiziqmoqda.
Afrikalik futbolchi «qora mushuklar» bilan 2030 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzolagan. Sadikning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
Hozirgi Angliya Premyer Ligasi mavsumida yarim himoyachi to'qqizta o'yinda ishtirok etib, gol urish bilan ajralib turmadi. U bitta sariq kartochka oldi.
