«Liverpul» vingeri Bradli Barkola o'zining «PSJ»dan merseysaydliklarga o'tishi haqida fikr bildirdi. Fransuz yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirdi.

«Men «PSJ»dan ketish uchun to'g'ri vaqt deb qaror qildim. U yerda ko'p ajoyib yillar o'tkazdim va juda ko'p trofeylar yutdim, lekin vaqt keldi. Bu qiyin edi, lekin futbol shunday. «Liverpul»ga o'tishimda hech qanday shubham yo'q edi. Men bu yerga o'tishim kerakligiga ishonch hosil qildim», — deydi Barkola SkySportsga bergan intervyusida.

«Liverpul»ga o'tgach, Barkola barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazdi, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.