Londonning «Chelsi» rahbariyati himoyachi Levi Kolvill bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «siniylar» asosiy himoyachisi uchun yangi mehnat shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu «Chelsi» uchun futbolchiga «Liverpul» tomonidan ko'rsatilayotgan qiziqish fonida ustuvor vazifa hisoblanadi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Kolvill barcha musobaqalarda o'n o'yinda ishtirok etdi va hech qanday gol urish yoki assistentlik qilmagan.

Futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 50 million evroga baholamoqda.