Markaziy yarim himoyachilar «Liverpul»dan Aleksis Mak Allister va Kertis Djonz jamoani yozgi transfer oynasida tark etishi mumkin. Ushbu ma'lumotni jurnalist Alan Nikson taqdim etmoqda.
Manbaga ko'ra, «Liverpul» ikki futbolchini sotishni rejalashtirmoqda, bu esa «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Vortonning transferini moliyalashtirishga yordam beradi. 22 yoshli futbolchi Merseysaydlilar yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola uchun asosiy maqsad bo'lib qolmoqda. Shuningdek, klub bu yozda markaziy maydonda jiddiy o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Mak Allisterga ikki ispan top-klubi — «Atletiko» va «Real» qiziqmoqda. Djonz esa milanlik «Inter»ga o'tishga yaqin.
«Liverpul» «Kristal Pelas» yulduzini bir shart bilan sotib oladi




