Dortmundning «Borussiya» klubi forvardi Seru Girasining Angliya Premyer Ligasında faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli hujumchini sotib olishga Londondagi «Tottenxem» qiziqmoqda va u Bundersliganing o'yinchisini yozgi transfer maqsadi sifatida belgilagan. Shu bilan birga, Girasiga «Aston Villa», «Milan» va «Atletiko» ham e'tibor bermoqda.
Hujumchining vakillari «Fenerbaxche» bilan kelishuv borligi haqidagi xabarlarni rad etishdi, ammo hozirda futbolchi barcha mavjud variantlarni o'rganmoqda.




