Dortmundning «Borussiya» jamoasining qanot himoyachisi Daniyel Svensson Yevropaning yetakchi klublari tomonidan bildirilgan qiziqish haqida fikr bildirdi.
Oldinroq OAVda 24 yoshli shved futbolchisi «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» tomonidan qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
«Men buni eshitdim, lekin aniq bir narsa yo'q edi. Buni faqat gazetalarda ko'rdim. Dortmundda yaxshi yashayapman va u yerda o'z yo'limni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapman. Yozda boshqa klubga o'tishga yaqin bo'ldimmi? Yo'q», — dedi Svensson SVT Sport telekanaliga.
Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda yetti o'yinda qatnashdi, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
