Italiyalik darvozabon Djanluidji Donnarumma «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin, chunki klub ko'plab moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazolanishi kutilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli darvozabon uchun nemis Bundesligasida ish taklifi mavjud. Bavariya Donnarummani qo'lga kiritishga qiziqish bildirmoqda.
Djanluidji 2025 yilda «shaharchilar» safiga qo'shilgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi. Darvozabonning transfer qiymati 45 million evroga baholanmoqda.
Hozirgi mavsumda APLda darvozabon beshta o'yinda maydonga tushdi va beshta gol o'tkazib yubordi.
