«Bormut» yarimhimoyachisi Aleks Skott Ispaniya futbolining ulkan klublaridan birining qiziqishiga tushdi. Bu haqda insayder Miguel Serrano xabar bermoqda.
Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, 23 yoshli ingliz futbolchisini Madridning «Real» klubi o'z saflariga qo'shib olishni xohlaydi. Skottning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Uning «Bormut» bilan imzolangan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi.
Oldinroq, OAVda Skottga «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» klublarining qiziqishi haqida xabar berilgan edi.
Hozirgi Angliya Premer-ligasida Aleks beshta o'yinda qatnashdi, bitta gol urdi va sariq kartochka oldi.
