Niderlandiyalik markaziy himoyachi «Liverpul»dan Virgil Van Deyk joriy mavsum tugagach, yangi jamoaga o'tishi mumkin. Uning «Mersisayd»dagi katta klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko'ra, 35 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda. Bu klubga Madridning «Real», Stambulning «Galatasaray», «Milan» va «Inter Mayami» kiradi.

Van Deyk 2018 yildan beri «qizillar» safida to'p surmoqda. Himoyachining bozor qiymati 15 million evro deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda APLda niderlandiyalik beshta uchrashuv o'tkazdi.