«Liverpul» rahbariyati so‘nggi yillarda transfer bozorida ko‘plab xatolar qildik deb tan oldi.

BBC Sport ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» ichki anglashuvga erishdi va ular ko‘plab yosh iste’dodli futbolchilarni sotib yuborish orqali xato qilishganini tushunishdi. Bobbi Klark, Jarell Kuanza, Tayler Morton — bu klub tomonidan so‘nggi yillarda sotilgan futbolchilardan faqat bir nechtasi.

Agar manbalarga ishonilsa, 2020 yildan beri mersisaydliklar yosh futbolchilarni sotishdan taxminan 270 million evro daromad olishgan. Ammo endi «Liverpul» asosiy jamoasi uchun kadrlar zaxirasi yetishmayotganini anglab yetdi. Kelgusida klub eng iste’dodli 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni Angliyadan va boshqa mamlakatlardan jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Beshta turdan so‘ng «Liverpul» Premier-liga turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bo‘lib, hisobida to‘qqiz ochko bor.