Vinger «Milan» Rafael Leau «Galatasaray»ga o'tishga yaqinlashdi. «Rossonerilar» portugaliyalik futbolchi uchun turk klubining taklifini qabul qildilar – hozircha bu og'zaki kelishuv haqida, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano. Bitim narxi bonuslarsiz 45 million evroga baholanmoqda. Endi qaror o'yinchida, unga inglizning «Aston Villa» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Xabarlarga ko'ra, «Galatasaray»da Rafael Leauga yiliga taxminan 12 million evro to'lashga tayyorlar. 27 yoshli futbolchining «Milan» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtasigacha davom etadi, uning qiymati esa mashhur Transfermarkt portalida 50 million evro deb baholanmoqda.
