Avvalgi «Barselona» darvozaboni Norberto Neto bugun, 27 sentyabr, Turin shahriga keladi va «Yuventus»ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Agar hamma narsa muvaffaqiyatli o'tsa, 37 yoshli darvozabon «qadimiy sinyora» bilan kelasi yil yozigacha qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.

Tajribali darvozabonning so'nggi ish joyi braziliyalik «Botafogo» bo'lgan.

Italiya chempionatining beshta turidan so'ng «Yuventus» 10 ochko to'plab, turnir jadvalida yettinchi o'rinda turibdi. Turin jamoasi keyingi o'yinini 11 oktabrda «Kalyari»ga qarshi o'tkazadi.