Lisabonning «Sporting» himoyachisi Gonsalu Inasiu italiyaning Seriya Ada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchini sotib olishga «Milan» qiziqmoqda. «Rossonearilar» Inasiuni yanvar oyidagi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyaning yetakchi klubi Gonsalu uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor.

Oldinroq, 25 yoshli himoyachiga nisbatan Kataloniyaning «Barselona» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Hozirgi mavsumda Portugaliya chempionatida Inasiu lisabonlik jamoa safida oltita o'yin o'tkazdi. Gonsalu bitta gol urdi va ikki sariq kartochka oldi.