«Atalanta» markaziy himoyachi Djordjo Skvalini bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar hamkorlikni 2031 yilgacha uzaytirdi.
Oldinroq, matbuotda Skvaliniga ingliz Premier ligasining ikki klubi qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. 22 yoshli italiyalikni Londondagi Chelsi» va «Nyukasl» jamoalari qo'lga kiritmoqchi bo'lgan.
Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida himoyachi beshta o'yin o'tkazdi. Futbolchining transfer narxi 38 million evro deb baholanmoqda. U 2021 yil yozidan beri Bergamo jamoasida o'ynaydi.
