Yarim himoyachi Luka Modrich o'zining sobiq va hozirgi klublarini futbol olamidagi maqomi bo'yicha taqqosladi. Xorvatning so'zlariga ko'ra, «Milan» «Real» bilan teng darajada.

Luka Modrich 2012-2025 yillarda «Real»da o'ynagan, so'ngra «Milan»ga o'tgan. Ushbu yozda tajribali xorvat «rossoneri» bilan 2026/2027 mavsumi oxirigacha shartnomasini uzaytirdi.

Sentyabr oyida Modrich 41 yoshga to'ladi. 2018 yilda Luka «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan.