O'tgan davrda italiyalik hujumchi Filippo Indzagi Turinning Yuventus klubida o'ynagan vaqtlarda, jamoada o'sha paytlarda Zinedin Zidan porlagan edi.

«Men Zidan kabi futbolchi bilan yonma-yon o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim; orqamda bunday hamkor borligini bilish haqiqiy imtiyoz. U ajoyib jamoa do'sti edi — xuddi Kaka kabi; hujumchilar uchun ular haqiqiy omad edi», - deya Filipponing so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Ma'lumki, Zinedin Zidan 2006 yilda faoliyatini tugatgan. Indzagi esa 2012 yilgacha o'ynagan.