Germaniyaning sobiq hujumchisi italiyaning Milan klubida o'tkazgan yillarini esladi - avvalo, klub rahbariyati bilan munosabatlarini. U Silvio Berluskoni bilan kamdan-kam uchrashganini, ammo uning birinchi yordamchisi Adriano Gallianni bilan ko'proq muloqot qilganini ta'kidladi.

«Biz juda ko'p uchrashmasdik, chunki u allaqachon siyosatga jalb qilingan edi, lekin u haqiqiy janob edi. Men uni ikki yoki uch marta ko'rganman, shu jumladan, uning bolalari bilan birga. Gallianni - qiziqish bilan to'la inson; men har doim u bilan uchrashishni xohlayman. Aynan u meni Milanga o'tishga ishontirgan», - deydi Birxoff pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Oliver 2001 yilda italiyaning klubini tark etgan.