«Milan» yarimhimoyachisi Samuele Richchi «Como»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin.
Italiyaning klubalari 24 yoshli futbolchini o'tkazish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda taniqli jurnalist Fabrizio Romano. Kelishuvning asosiy masalasi bitimning shakli. «Como» Richchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, «Milan» esa to'liq transfer yoki keyinchalik majburiy sotib olish bilan ijarani afzal ko'radi. O'z navbatida, yarimhimoyachi «Como»ga ko'chishga tayyor. Shaxsiy shartnomani kelishish tomonlar uchun qiyin bo'lmasligi kutilmoqda.
Richchi 2025-yilning yozida «Milan» futbolchisi bo'lib, «Torino»dan taxminan 25 million evro evaziga o'tgan.
