Milanlik «Inter» qanot o'yinchisi Mussa Diabi transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda. Klub saudiyalik «Al-Ittihad»ga yangi taklif tayyorladi.
Goal portalining, saudiyalik jurnalist Muhammad al-Buqayriga tayanib, xabar berishicha, italiyalik klub dastlabki rejasidan voz kechib, endi 27 yoshli fransuzni bir mavsumga 28 million evro evaziga ijaraga olishni taklif qilmoqda.
Avvalroq «Inter» o'yinchining doimiy o'tishi uchun taxminan 40 million evro to'lashga tayyor edi, ammo «Al-Ittihad» rahbariyati futbolchini sotish bo'yicha oxirgi qarorni qabul qilmagan.
Milan klubida ijaraning saudiyalik tomon uchun yanada jozibador bo'lishiga umid qilinmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, o'z navbatida futbolchi to'liq transferni afzal ko'radi.
O'tgan mavsumda Diabi 43 o'yinda 6 gol va 15 assist bilan ajralib turdi.
