Yarim himoyachi Kevin De Bryune so'nggi vaqtlarda klubini o'zgartirish haqida mish-mishlar bilan bog'langan. Qizil sochli belgiyalik Napolidan «Galatasaray»ga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Endi esa 35 yoshli pas berish ustasi uchun boshqa bir variant haqida yozilmoqda.

The Touchline nashrining Mundo Deportivo'ga tayanib xabar berishicha, De Bryune'ga qiziqish «Inter Mayami» tomonidan qayta tiklangan. Belgiyalik yarim himoyachi endi MLSga ko'chishni yanada foydali variant sifatida ko'rmoqda.

«Inter Mayami»da Lionel Messi, Luis Suares, Kazemiro va Rodrigo de Paul kabi futbol yulduzlari o'ynaydi.

Muxtasar Transfermarkt portali Kevin De Bryuneni 8 million evro deb baholaydi.