Italiya 2032 yilgi Evropa chempionatini o‘tkazishga intilmoqda, ammo bu ariza muvaffaqiyati stadionlar masalasi bilan bevosita bog‘liq.
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) rahbari Djovanni Malaqo bu mavzuni La Stampa gazetasiga bergan intervyusida ko‘tarib chiqdi va mamlakatdagi infratuzilma holati hamda qit'a chempionatiga tayyorgarlik doirasida loyihalarni tezlashtirish zarurligini ta'kidladi.
Shaharlar orasida Turin hozirda eng ishonchli variant sifatida ko‘rinmoqda, chunki u UEFA talablariga javob beradigan va foydalanishga tayyor stadionga ega, dedi italyan futboli rahbari.
