Oxirgi italiyalik futbolchi, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan Fabio Kannanvaro, «Milan»ning joriy mavsumdagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. U klub hali o'z potensialini to'liq ochmaganini ta'kidladi.
«Mening fikrimcha, «Milan» hali ham qayerdadir o'rtada. Lekin Modrich va Rabiotga qarasak — agar ikki aniq misol keltirsak — haqiqiy talantlarni ko'rayotganimizni tushunasiz», - deya Fabio Kannanvaroning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, «Milan» oxirgi marta 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgan. Hozirda klub Seriya A turnir jadvalida beshinchi o'rinda turibdi.
