«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim, hujumchi Kristofor Nkunka eski darajasiga qaytishga yordam bera olishiga ishonadi.
Fransuz o‘tgan yozda «Chelsi»dan «rossoneri» safiga qo‘shildi, lekin Italiyaga ko‘chib o‘tgan birinchi mavsumida asosiy tarkibda o‘rnasholmadi. Jurnalist Daniele Longo ma'lumotlariga ko‘ra, yangi Milan murabbiyi 28 yoshli hujumchini o‘z boshqaruvida yana «RB Leypzig»dagi eng yuqori darajasiga qaytarishiga ishonmoqda.
Kristofor Nkunka «Milan» uchun 35 o‘yinda sakkiz gol va uch golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.
Ruben Amorim yozning boshida, Massimiliano Allegri o‘rniga murabbiylik lavozimini egalladi.
