«Lacio» bosh murabbiyi Djennaro Gattuzo futbolchini mashg'ulotdan haydab yubordi. The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, mashg'ulot davomida Gattuzo yarimhimoyachi Kenneth Teylor bilan jiddiy bahsga kirishdi. Natijada murabbiy futbolchini maydondan chiqishga chaqirdi.
Kenneth Teylor «Lacio»da joriy yilning yanvaridan buyon o'ynaydi, u «Ayaks»dan o'tgan. O'shandan beri gollandiyalik yarimhimoyachi 21 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta gol uzatmasi bilan o'z hisobiga yozdi.
Djennaro Gattuzo iyun oyida «Lacio» bosh murabbiyi etib tayinlangan. O'tgan mavsumda Seriya Ada rimliklar turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda yakunlashdi.
