Jamoa va Aljir terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Bennacer «Milan»dan ketishga yaqin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni oldindan tugatish bo'yicha kelishuvga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi kelgusi yilning yozigacha davom etadi. Tez orada aljirlik futbolchi erkin agent maqomini oladi.
28 yoshli yarim himoyachi Qatardagi «Al-Garafa»da faoliyatini davom ettiradi. Tomonlar o'rtasida transfer bo'yicha kelishuv allaqachon mavjud.
Ismael 2019 yilning yozidan beri «Milan» futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt baholashiga ko'ra, uning bozor qiymati sakkiz million evrodir.




