Markaziy himoyachi Fikayo Tomori «Milan» rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha kelisha olmadi. Bu haqda insayder Nikolo Skiraning hisobida ma'lumot berilgan.
Manbaning ma'lum qilishicha, 28 yoshli ingliz futbolchisi va «rossoneri» o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi. Tomori kelasi yozda italiyalik klubdan erkin agent sifatida ketishga yaqin.
Fikayo 2021 yil yozidan beri «Milan»da o'ynaydi. Himoyachining transfer qiymati o'n million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Tomori Seriya Ada 33 ta o'yinda qatnashdi, ikki assist berdi, olti sariq kartochka oldi va bir marta qizil kartochka bilan maydondan chetlatildi.
