Serbiyalik himoyachi Strahinja Pavlovich «Milan» rahbariyati bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marziosining saytida xabar berilgan.
Futbolchi yaqin kunlarda «rossoneri» bilan yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi. Shartnoma 2031 yilgacha amal qiladi.
25 yoshli serb futbolchi milan klubiga 2024 yilning yozida qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyida tugaydi. Uning transfer narxi 40 million evrodir.
Joriy «Seriya A» musobaqasida Pavlovich oltita o‘yinda qatnashdi va uchta sariq kartochka oldi.
