Davide Nikola «Venezia» klubining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka di Marzio.

Yaqin soatlarda mutaxassis «Kremoneze» bilan shartnomasini bekor qilishi va ishdan bo‘shatilgan Djovanni Stroppe o‘rniga kelishi kutilmoqda. Tomonlar zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va bitim tafsilotlarini kelishish bilan shug‘ullanmoqda.

Nikola 2025 yildan «Kremoneze»da ishladi va jamoani Seriya Ada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmadi. U avval «Kalyari», «Torino» va «Krotone»ni ham boshqargan.

«Venezia» joriy italiyan chempionatida o‘yinlarning barchasida mag‘lub bo‘lib, birorta ham ochko to‘plamadi.