Milanlik «Inter» jamoasi markaziy himoyachi Yann-Aurel Bissek bilan hamkorligini uzaytiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchli insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Shartnoma shartlariga ko'ra, Bissekning maoshiga yangi shartlar kiritilgan.

25 yoshli nemis futbolchisi «nerazzurri» ranglarini 2023 yil iyulidan buyon himoya qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yozida tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari Bissekning bozor qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.