«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti jamoasining belgiya «Standard» ustidan olingan g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Liyejda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi, g‘alaba golini esa Fabio Miretti ikkinchi taymda kiritdi.
«Men o‘yinimizdan mamnunman, lekin hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar bor. Birinchi 45 daqiqada juda sekin o‘ynadik, ammo ikkinchi taymda uchrashuvni nazorat qildik va himoya yaxshi o‘ynadi. Endi jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarimizni qaytishini kutyapmiz», - deya Spallettining so‘zlarini keltiradi LineaJuve24.
Shuningdek, Spalletti yosh futbolchilarning o‘yini haqida ham baho berdi, ular tayyorgarlik jarayonida o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
«Yosh o‘yinchilarga o‘yin vaqti berish kerak. Keyin esa ularning o‘zlari yuqori darajada talab qilinadigan sifatni ko‘rsata olishlari muhim», - dedi murabbiy.
«Standard» ustidan qozonilgan g‘alaba «Yuventus»ning yozgi tayyorgarlik davridagi birinchi g‘alabasi bo‘ldi. Oldinroq turinliklar «Bazel» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashgan edi.




