Italiyalik jurnalistlar Luka Modrichning o'yin oxiridagi intervyusida bergan signalidan umidvor.
Xorvatlar Jahon chempionatida Gana terma jamoasini mag'lub etib, keyingi bosqichga o'tishdi. Modrichga «Milan»da qolishi haqida savol berilganda, xorvat futbolchisi rozilik bildirgan harakat qildi - ya'ni, ha, qolaman, albatta, deb javob berdi, deya xabar bermoqda pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2025-yil yozida Madridning «Real» klubidan keyin italiyalik klubga o'tdi. Hozirda xorvat futbolchisi - qirq yoshda.




