Italiya chempionatining sakkizinchi turida Milan Udineda ikki gol urib, g‘alaba qozondi. Ularning ikkinchisini Omar Xatchinson kiritdi va bu uning mavsumdagi birinchi goli bo‘ldi.
«Men futbolkamni bolaga berdim; bu men uchun unchalik muhim emas, chunki ularning ko‘plab nusxalari bor. Mening debyut o‘yindagi futbolkam hozirgacha saqlanib qolgan — u eng qimmatbaho. Shuningdek, bizda har doim zaxira futbolkalar bo‘ladi. Oldinroq gol urish uchun bir necha imkoniyatlarim bo‘lgan, lekin ulardan foydalanmadim. Nihoyat, gol urganimdan xursandman», - deydi Xatchinson pianetamilan.it.
Kelgusi turda Milan «Bolonya»ga qarshi o‘ynaydi.
