«Napoli» «Genoa» bilan himoyachi Bruk Norton-Kaffi transferi bo'yicha kelisha olmadi. Neapol klubi 22 yoshli ingliz futbolchisi uchun 15 million evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan, deb xabar beradi La Repubblica.
«Genoa» jamoaning asosiy o'yinchilaridan birini 20 million evroga baholaydi va uni arzonroq berishga niyati yo'q. «Arsenal»ning sobiq tarbiyalanuvchisi bilan qiziqish faqat «Napoli»da emas. Bu vaziyatni «Inter» va «Fiorentina» ham kuzatmoqda.
«Napoli»ning sport direktori Djovanni Manna o'ng qanotni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham o'rganmoqda. Nomzodlar orasida «Yunion Sent-Jilua» o'yinchisi Anan Halayli bor, u uchun yuqori narx talab qilinmoqda, shuningdek, «Fiorentina»dan Dodo ham ko'rib chiqilmoqda.




