«Milan» darvozaboni Alessandro Longoni o'z karerasini «Pari Sen-Jermen»da davom ettiradi.
Fransuz klubi 18 yoshli darvozabonni erkin agent sifatida imzolashni yakunladi, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano. Yaqin kunlarda italiyalik futbolchi parijliklar bilan shartnomaga imzo chekadi va «PSJ» safini to'ldiradi. Yosh yangi o'yinchi Luis Enrike jamoasining uchinchi darvozaboni bo'ladi, shu bilan birga 19 yoshli Renato Marin Portugaliyaga ijaraga yuboriladi.
Alessandro Longoni «Milan»ning yoshlar tarkibida o'ynagan, shuningdek, Italiyaning yoshlar terma jamoasida ham o'ynash tajribasiga ega. U «rossoneri» asosiy jamoasida debyut qilish imkoniyatiga ega bo'lmadi.




