Bahorda Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina ga yutqazib, jahon chempionatiga chiqolmay qolgan edi. O'sha paytda «skuadra adzurra» ning murabbiyi bo'lgan Jennaro Gattuzo muvaffaqiyatsizlikni qiyin qabul qilgan.
«Iz doim qoladi, lekin men oldinga qarashni yoqtiraman. Dastlabki bir necha oyda uyquga ketishim qiyin bo'ldi. O'zimni charchatish uchun uzoq yurardim, shunda ko'zlarimni yumishim mumkin edi», - deydi Gattuzoning so'zlarini Goal portali keltirmoqda.
Hozirda Jennaro Gattuzo «Latsio» ni boshqarmoqda. Rim jamoasi italiyaning Seriya A turnir jadvalida uchinchi o'rinda turibdi. «Qushlar» ning yaqinlashayotgan o'yini 11 oktabrda «Montsa» ga qarshi bo'ladi.
