Roma klubining rahbariyati himoyachi Marios Hermoso bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira ma'lum qilgan.

Hermoso Rim jamoasida 2024 yildan buyon o'ynaydi. U Madridning Atletiko klubidan erkin agent sifatida «Roma»ga o'tgan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning iyun oyining oxirida tugaydi.

«Bo'rilar» safida Marios 54 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Hozirgi mavsumda italiyaning Seriya A ligasida 31 yoshli himoyachi 5 ta o'yinda maydonga tushdi. Hermoso 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.