Turindagi «Yuventus» jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insider Ekrem Konur.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «qadimiy sinyora» safiga «Atalanta»ning qanot himoyachisi Lorenzo Bernaskoni qo'shilishi mumkin. 22 yoshli italiyalikning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 20 million evro deb baholangan. Himoyachining Bergamo klubidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyida tugaydi.
Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida Lorenzo uchta o'yinda ishtirok etdi.
Seriya Aning beshta turidan so'ng «Yuventus» yettinchi o'rinda, «Atalanta» esa 11-o'rinda turibdi.
