«Real» o'z tarkibini kuchaytirish rejalari ustida ishlamoqda. The Touchline xabariga ko'ra, Corriere dello Sportga tayanib, madridliklar kelasi yozda Kenan Yildizni qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

«Yuventus» 21 yoshli Yildizni 100 million evro deb baholamoqda. Turkiyalik futbolchiga shuningdek, «Arsenal» va «Bavariya» kabi top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Jarohati tufayli Kenan Yildiz bu mavsumda faqat bitta o'yinda maydonga tushdi. Yoz oxirida futbolchi jarrohlik operatsiyasini o'tkazdi, bu esa uning suyaklarining singanligi bilan bog'liq edi. 

Umuman olganda, Yuventusda Yildiz 132 ta o'yin o'tkazdi, bu vaqt ichida 27 ta gol urdi va 21 ta golli uzatma berdi.