«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike klub rahbariyatidan «Barselona» bilan bog‘lanishni va bir futbolchining transfer imkoniyatlarini o‘rganishni so‘radi. Gap o‘rta maydonchi Gavi haqida bormoqda.
El Nacional xabariga ko‘ra, Enrike Gavi ni intensivligi, pressingdagi agressivligi va xarakteri uchun yuqori baholaydi. Murabbiyning fikriga ko‘ra, o‘rta maydonchi «PSJ» o‘yini uchun mukammal mos keladi.
«Barselona» 22 yoshli Gavi bilan xayrlashmoqchi emas, lekin klubda bunday futbolchining zaxirada qolishi muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini tushunishadi.
Gavi bu mavsumda ko‘p o‘yinda ishtirok etmayapti – so‘nggi ikki La Liga o‘yinda 90 daqiqa zaxirada o‘tirgan.
Gavi ning transfer narxi taxminan 40 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.
