«Real» murabbiyi Jozef Mourinyo dushanba kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoani qurish muddatlari haqida fikr bildirdi.
- Siz uch oy so'raganingizni aytgandingiz, shunda siz xohlagan «Real»ni ko'rishingiz uchun…
- Agar men uch oy so'rasam, boshqalar o'n yil so'raydi… Ehtimol, men noto'g'ri ifodalanganman yoki fikrni yetkazishda xato qilganman. Men shuni aytmoqchiman, uch oydan keyin biz bugungi kunga qaraganda yaxshiroq bo'lishimiz kerak. Menda uch oy ichida ajoyib darajaga chiqish uchun sehrli narsa yo'q. Menda super qobiliyatlar yo'q. Faqat har bir mashg'ulotda, har bir o'yinda taraqqiyotga erishishim mumkin. O'yindan keyin biz tahlil qilamiz. Jamoa murabbiy bilan qancha ko'p ishlasa, shuncha kuchliroq bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.
