«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «PSJ» yarimhimoyachisi uchun o'tkazma imkoniyatiga rozilik berdi. Bu Fabian Ruiz haqida, u kelajakda o'z vataniga, ya'ni Ispaniyaga qaytishni rejalashtirmoqda.
«Bu juda qiziqarli variant bo'lib, Flik tomonidan tasdiqlangan. Nemis murabbiyi Laport va Dekuga ushbu Sevilyalik futbolchi darajasidagi va sifatlariga ega bo'lgan o'yinchini qo'shishni tavsiya qilishda bir soniya ham ikkilanmagan», - deya xabar bermoqda El Nacional sahifalarida.
Ma'lum qilinishicha, Fabian Ruiz raqobatni oshirish va Pedri uchun dam olish imkoniyatini ta'minlashi mumkin. Shuningdek, Frenki de Yong va Gavi kabi futbolchilarning mumkin bo'lgan ketishi ham hisobga olinmoqda.
30 yoshli Fabian Ruiz yaqinda «PSJ» bilan 2027/2028 yilgacha davom etadigan yangi shartnoma imzoladi.
