Asosiy murabbiy «Real» Jozef Mourinyo qattiq jadval bilan qanday kurashayotganini so'ragan savolga javob berdi.
«Bir haftada olti matbuot anjumani. Boshqa mamlakatlarda menga bitta anjumanni o'tkazib yuborishga ruxsat berishardi, bugungi yoki ertangi anjumanni o'tkazishimga ruxsat berishardi. Men sizlardan charchadim, sizlar mendan charchadingiz, lekin biz bu yerda, chunki bu bizning ishimiz. O'yinchilar bilan ham shunday. Ular charchagan, lekin ishni davom ettirishmoqda.
Agar siz menga kelasi hafta bitta matbuot anjumani o'tkazib yuborishim mumkinligini aytsangiz, men bu yerga biror narsa olib kelaman (kuladi)», - dedi Mourinyo.
