«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Zolotoy Myach»ni Lamin Yamal yutishini xohlash-xohlamasligi haqida savolga javob berdi.

«Albatta. U mening futbolchim, u «Barselona» futbolchisi, va men uning «Zolotoy Myach»ni yutishini haqiqatdan ham xohlayman. U noyob futbolchi va har bir o‘yinda buni ko‘rsatmoqda. U alohida», - dedi Flik jurnalistlarga matbuot anjumanida.

O‘tgan yili Lamin Yamal «Zolotoy Myach» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi, Usman Dembelega yutqazdi. Yaqinda Yamal yana nominatsiyaga kirdi. Mukofot 26-oktabrda Londonda taqdim etiladi.

«Barselona» chorshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida Feyenoordni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.